You are on page 1of 14

Musulmonlik.

Munavvar qori Abdurashidxon

Munavvar qori ABDURASHIDXON

MUSULMONLIK
"MOVAROUNNAHR"
Toshkent
2004
MUQADDIMA
Alloh taologa beadad shukrlar bolsinki, Mustaqillik tufayli boy madaniy merosimizni
organish va marifatparvar siymolarning asarlarini xalqimizga yetkazish borasida kop
xayrli ishlar amalga oshirilmoqda. Otmishda millatimizga marifat tarqatgan kopgina
olimlarimizning nomlari qaytadan tiklanmoqda. Shunday siymolardan biri Munavvar qori
Abdurashidxon oglidir.
U zot 1878 yilda Toshkent shahrining Shayx Xovand Taxur daxasidagi Darxon
mahallasida ziyolilar oilasida dunyoga kelgan.
Munavvar qori otasidan yetti yoshida yetim koladi. Dastlabki talimni onasi Xosiyat
otindan olib, xat-savodi chiqqach, Toshkentdagi Yunusxon madrasasida tahsil koradi.
1898 yili osha davrda Orta Osiyoda ilm markazi hisoblangan Buxoroga borib,
madrasalardan birida tahsil ola boshlaydi. Ammo kop otmay moddiy qiyinchilik sababli
Toshkentga qaytib kelib, Darxon masjidida imomlik qiladi.
1900 yillardan boshlab taraqqiyparvar ziyoli kishilar orasida oqish va oqitish,
madrasa va maktab islohotiga oid ilgor fikrlar olga surilib, bunday ziyolilar "jadid"
(yangichi)lar nomini oladi. Munavvar qori ham shu taraqqiyparvar ziyolilar xarakati
safiga qoshilib, tez orada uning faollaridan biriga aylanadi. 1903 yildan etiboran u jadid
maktablari ochib, dars beradi va ular uchun darslik hamda qollanmalar yozadi.
Jumladan, uning "Adibi avval" ("Birinchi adib", 1907 y.) alifbo kitobi, "Adibi soniy"
("Ikkinchi adib", 1907 y.) oqish kitobi, "Sabzavor" (toplami), "Yer yuzi" ("Jugrofiya"),
"Tajvid" (Quronni qoidali oqish) kabi kitoblari bosilib, yangi usuldagi maktablarda
darslik sifatida qollanilgan.
Munavvar qori milliy matbuotimizning ilgor jurnalistlaridan bolganligini ham aytib
otish joizdir. U 1906 yili "Xurshid" jaridasini chiqara boshlagan. 1917 yilda "Najot",
"Kengash", "Hurriyat" va boshqa jaridalarda ham muharrirlik qiladi. Inqilobdan song
xalq, maorifi tashkilotlarida xizmat qilib, marifat ishlari bilan shugullanadi.
Hozirgi Toshkent Davlat milliy dorilfununini tashkil etishda Munavvar qori
Abdurashidxon oglining hissasi beqiyosdir. 1918 yilning 9 aprelida u kishi raisligida Xalq
dorilfununi musulmon bolimining kishidan iborat tashkiliy hayati tOziladi. 3 may kuni
otkazilgan saylov natijalariga kora, Munavvar qori rektor, Iso Toxtaboy va Burxon
Habiblar uning yordamchilari etib saylanadilar. Usha yilning 13 mayida eski shahardagi
hozirgi Ozbekiston yosh tomoshabinlar teatri binosida Turkiston xalq dorilfununining
musulmon bolimi tantanali suratda ochiladi.
Munavvar qorining 1908 yilda yozilgan "Havoy-iji diniya" risolasi uning Turkiston
olkasida nashr ettirgan ilk kitoblaridan biridir. Risola juz-juz shaklida turli vaqtlarda
chop etilgan bolib, 1909 yilgi nashri barcha juzlarni oz ichiga olgan.
Shulardan biri bolgan ushbu juzni birmuncha zamonaviylashtirilgan tilda va yangi
alifboda nashr etib, muhtaram kitobxonlar etiboriga havola qilmoqdamiz.
www.ziyouz.com kutubxonasi

Musulmonlik. Munavvar qori Abdurashidxon

Alhamdu lillah hammamiz Islom dinidamiz. Islom dinidagi kishilarga musulmon


deyiladi. Musulmonlik besh narsa bilan boladi. Shu besh narsaning birinchisi: Alloh
taoloning borligi va birligiga, Muhammad alayhissalomning Paygambarliklariga chin
kongildan ishonib, ishonganligini til bilan aytib iqror bolmoq. Ikkinchisi: xar kuni besh
vaqt namoz okimoq. Uchinchisi: Butun Ramazon oyi davomida roza tutmoq.
Tortinchisi: Moli nisobga yetganda zakot bermoq. Beshinchisi: Barcha imkoniyatlari bor
kishi uchun umrida bir marta xaj kilmoqdir.
MUSULMONLIK
Savol: Qaysi dindasiz?
Javob: Alhamdu lillah Islom dinidamiz.
Savol: Islom dinidagi kishilarga kim deyiladi?
Javob: Islom dinidagi kishilarga musulmon deyiladi.
Savol: Musulmonlik necha narsa bilan boladi?
Javob: Musulmonlik besh narsa bilan boladi.
Savol: Bu besh narsa qaysilar?
Javob: Bu besh narsa ushbulardir:
Birinchisi:
Alloh
taoloning
borligiga,
Muhammad
alayhissalomning
haq
Paygambarligiga chin kongildan ishonib, ishonganini til bilan aytib iqror bolmoq, (yani
La ilaha illallohu Muhammadur rasululloh deb aytmoq).
Ikkinchisi: Har kuni besh vaqt namoz oqimoq.
Uchinchisi: Butun Ramazon oyi davomida roza tutmoq.
Tortinchisi: Boy kishiga har yili molining zakotini, yani qirqdan bir qismini faqir va
miskinlarga bermoq.
Beshinchisi: Kuchi yetgan kishiga umrida bir marta bolsa ham Makkai mukarramaga
borib xaj qilmoqdir.
Savol: Ushbu besh ishga nima deyiladi?
Javob: Ushbu besh ishga Islom binosi deyiladi.
Savol: Musulmonlik uchun ulardan boshqa kerakli amallar yoqmi?
Javob: Musulmonlik uchun ushbu besh ishdan boshqa ham kerakli amallar nihoyatda
kopdir.
Savol: Mashhurroqlari qaysilar?
Javob: 1 - shariat buyurgan ibodatlarning barchasini qilib, shariat qaytargan
ishlarning barchasidan qaytmoq.
2 - din va dunyo uchun kerakli har xil ilm hamda har xil tillarni oqimoq va
organmoq.
3 - har ishni ilm, ittifoq, va togrilik bilan qilmoq.
4 - barcha musulmonlarni oz qarindoshlari kabi dost tutmoq.
5 - ota-onani va ulug kishilarni izzat-hurmat qilmoq.
www.ziyouz.com kutubxonasi

Musulmonlik. Munavvar qori Abdurashidxon

6 - yoshlarga marhamat, faqirlarga shafqat, muhtojlarga inoyat (yani ehson, sovga)


etmoq.
7 - oz foydasidan kora xalq va millat foydasini yaxshi kormoq.
8 - Islom dinining taraqqiyoti va rivoji uchun doim harakatda bolmoq, va shularga
oxshagan ishlardir.
IMON
Savol: Imon nima?
Javob: Imon Alloh taolo tarafidan Paygambarimiz Muhammad alayhissalomga
kelgan Haq dinga va uning barcha hukmlariga chin kongildan ishonib, ishonganligini til
bilan aytib iqror bolmoq.
Savol: Imonli bolmoq uchun qaysi kalimalarni aytmoq lozim?
Javob: Tavhid, Shahodat va Imon kalimalarini aytmoq bilan imon tasdiqlanadi.
Savol: Bu kalimalarni qanday aytmoq kerak?
Javob: Ularning manolarini bilib, chin kongildan ishonib aytmoq, lozim.
Savol: Tavhid kalimasi qaysi?
Javob: Tavxid kalimasi ushbudir: Ashhadu alla ilaha illallohu vahdahu la sharika lah
lahul mulku va lahul hamd. Yuhi va yumit. Va huva hayyul la yamut. Biyadihil xayr va
huva ala kulli shayin qodir.
Manosi: Guvohlik beramanki, Alloh taolodan ozga mabud yoq. Unga (teng
keladigan) sherik yoq, barcha olam Uning mulki va barcha hamdu sanolar Unga xosdir.
U (barcha mavjudotga) hayot baxsh etadi va hayotdan judo ham qiladi. U doimo
barhayot. Hamma yaxshiliklar Uning kolida va U har ishga qodirdir.
Savol: Shahodat kalimasi qaysi?
Javob: Shahodat kalimasi ushbudir: Ashhadu alla ilaha illallohu va ashhadu anna
Muhammadan abduhu va rasuluh.
Manosi: Guvohlik beramanki, Alloh taolodan boshqa iloh yoq, albatta, Muhammad
alayhissalom Uning bandasi va (Allohning bandalariga din hukmlari orgatmoq uchun
yuborgan) elchisidir.
Savol: Imon kalimasi qaysi?
Javob: Imon kalimasi ushbudir: Amantu billaxi va malaikatihi va kutubihi va
rusulihi valyavmil axiri valqodari xoyrihi va sharrihi minallohi taala val basi badal
mavt.
Manosi: Allohga va Uning farishtalari, kitoblari, paygambarlari hamda qiyomat
kuniga, taqdirning yaxshisi ham, yomoni ham Alloh taolodan ekanligiga va olgandan
song qayta tirilishga ishondim.
ALLOH TAOLOGA ISHONMOQ
Savol: Qisqacha Imon kalimasi qaysi?
Javob: Alloh taologa ishonmoqni ifodalovchi qisqacha Imon kalimasi ushbudir:
www.ziyouz.com kutubxonasi

Musulmonlik. Munavvar qori Abdurashidxon

Amantu billahi kama huva biasmaihi va sifatihi va qabiltu jamia ahkamihi.


Manosi: Allohga, U ismlari va sifatlarida qanday bolsa, shundayligicha ishondim. Va
Allohning barcha hukmlarini qabul qildim.
Savol: Alloh taolo qanday zot?
Javob: Alloh taoloning zotini bilmoqqa bizning aqlimiz yetmaydi.
Savol: Alloh taologa komil imon keltirmoq uchun nima kilmoq kerak?
Javob: Alloh taologa komil imon keltirmoq uchun U Zotni sifatlari bilan bilmoq
lozimdir.
Savol: Alloh taoloning sifatlari qaysi?
Javob: Alloh taoloning sifatlari ushbulardir:
Birinchi sifati Mavjud, yani, bordir. Alloh taoloni hech kim bor qilgan emas, balki
Ozidan-ozi azaliy bordir.
Savol: Borligining avvali va oxiri bormi?
Javob: Borligining avvali va oxiri yoq, yani, bizga oxshash avval yoq bolib, keyin
bor bolgan va oxirida yoq boladigan emas, balki doimo bor bolib turguvchidir.
Ikkinchi sifati Ahad, yani, birdir, yakkayu yolgizdir, hech bir sherigi, tengdoshi,
oxshashi, ogil-qizi, ota-onasi, qarindoshi, eri va xotini yoq.
Uchinchi sifati Hayyun yani, tirikdir.
Savol: Tirikligi nima bilan?
Javob: Bizga oxshash tan va jon bilan emas, balki Oz zotiga munosib bir sifat bilan
tirikdir.
Savol: Alloh taoloda olmoq, uxlamoq bormi?
Javob: Alloh taolo olmoq, va uxlamoq kabi kamchilik sifatlardan pokdir. Olmoq va
uxlamoq maxluqlarning sifatlaridir.
Tortinchi sifati Alim, yani biluvchidir.
Savol: Alloh taolo nimalarni biladi?
Javob: Bolib otgan ishlarni, endi boladigan ishlarni, xoh katta, xoh kichik,
barchasini biladi.
Savol: Alloh taolo bilmaydigan ish bormi?
Javob: Yerda bolsin, osmonda bolsin, Alloh taolo bilmaydigan hech bir ish yoq.
Savol: Nima bilan biladi?
Javob: Bizga oxshash aql va zehn bilan yoki organmoq va oylamoq yordamida
emas, balki Oz zotiga munosib bir sifat bilan biladi.
Beshinchi sifati Murid, yani xohlaguvchidir. Dunyodagi ishlarning har biri Alloh
taoloning irodasi va xohishi bilan boladi. Alloh taolo xohlagan ish bolmay qolmaydi va U
xohlamagan ish esa, aslo bolmaydi.
Oltinchi sifati Kodir, yani xar ishga qudrati yetguvchi, har narsani qilmoqqa
qodirdir. Bizga oxshash tan kuvvatiga, asbob va kishilar yordamiga muhtoj emas.
Yettinchi sifati Basir, yani koruvchidir.

www.ziyouz.com kutubxonasi

Musulmonlik. Munavvar qori Abdurashidxon

Savol: Qanday narsalarni koradi?


Javob: Yer va osmondagi, qorongu va yorugdagi katta va kichik narsalarning
barchasini koradi.
Savol: Nima bilan koradi?
Javob: Bizga oxshash koz bilan emas, balki Oz zotiga munosib bir sifat bilan
koradi.
Sakkizinchi sifati Sami, yani eshitguvchidir.
Savol: Qanday ovozlarni eshitadi?
Javob: Qattiq bolsin, sekin bolsin, xar qanday ovozlarni eshitadi.
Savol: Nima bilan eshitadi?
Javob: Bizga oxshash quloq bilan emas, balki Oz zotiga munosib bir sifat bilan
eshitadi.
Toqqizinchi sifati Mutakallim, yani, sozlaguvchidir. Qurondagi barcha oyatlar
Alloh taoloning sozidir.
Savol: Biz bilmagan sozi ham bormi?
Javob: Biz bilmagan sozi nihoyatda kop. Tavrot, Injil, Zabur nomli kitoblar ham
Alloh taoloning sozidir.
Savol: Nima bilan sozlaydi?
Javob: Bizga oxshash til bilan, ovoz va tovushlar yordamida emas, balki Oz zotiga
munosib bir sifat bilan sozlaydi.
Oninchi sifati Mukavvin, yani boldirguvchidir.
Savol: Nimalarni boldiradi?
Javob: Dunyodagi bor narsalarning barchasi Alloh taoloning boldirmogi bilan
yaralgan.
On birinchi sifati Rabbun, yani, tarbiya qilguvchidir.
Savol: Kimlarni tarbiya qiladi?
Javob: Dunyodagi jonli va jonsiz narsalarning barchasini tarbiya qiluvchi Alloh
taolodir.
On ikkinchi sifati Odil, yani, togrilik bilan ish koruvchidir, yani har bir hukmni va
har qaysi ishni togrilik bilan qiladi. Hech kimga jabr va zulm otkazmaydi.
Savol: Alloh taoloning bulardan boshqa ham sifatlari bormi?
Javob: Alloh taoloning bulardan boshqa sifatlari ham nihoyatda kop. Dunyo va
oxiratdagi har bir yaxshilik Alloh taoloning sifatidir.
Savol: Alloh taoloning biror aybi bormi?
Javob: Alloh taoloning zotida va sifatida hech bir ayb va kamchilik yoq.
Savol: Alloh taolo turadigan joyi va makoniga egami?
Javob: Alloh taoloning turadigan joyi (makoni), oldi va orqasi, ong va chapi, yuqori
va pasti yoq, balki u har yerda hozirdir.

www.ziyouz.com kutubxonasi

Musulmonlik. Munavvar qori Abdurashidxon

Savol: Alloh taologa yemoq va ichmoq xosmi?


Javob: Alloh taolo yemoq, ichmoq, ogrimoq kabi kamchilik sifatlardan pokdir.
FARISHTALARGA ISHONMOQ
Savol: Farishtalar kimlar?
Javob: Farishtalar Alloh taoloning nihoyatda itoatli, hech bir gunohsiz, nurdan
yaratilgan, bizning kozimizga korinmaydigan bandalaridir.
Savol: Farishtalar nima ish kilishadi?
Javob: Doim Alloh taoloning buyurgan ishlarini qiladilar. Alloh taoloning buyrugidan
aslo chiqmaydilar.
Savol: Farishtalar Allohning boshqa bandalaridan farqli yana Qanday hususiyatlarga
ega?
Javob: Farishtalarda erlik, xotinlik, tugmoq, tugdirmoq, yemoq, ichmoq va uxlamoq
kabi ishlar aslo yoqdir.
Savol: Oralarida mashhurroqlari kimlar?
Javob: Oralarida Jabroil, Mikoil, Isrofil, Azroil alayhimussalom ismli mashhurlari va
Alloh taologa eng yaqin bolganlari bor.
Savol: Farishtalar bizning kozimizga korinishlari mumkinmi?
Javob: Agarda ozlari xohlasalar, bizning kozimizga har xil suratda korinmoqlari
mumkin.
PAYGAMBARLARGA ISHONMOQ
Savol: Paygambar deb kimlarga aytiladi?
Javob: Paygambar deb, Alloh taolo tarafidan bandalariga din hukmlarini orgatmoq,
uchun yuborilgan elchilarga aytiladi.
Savol: Paygambarlar qanday zotlar?
Javob: Paygambarlar Alloh taoloning nihoyatda aqlli, ziyrak, togri va itoatli
bandalaridir. Alloh taoloning amridan aslo chiqmaydilar, hech gunoh qilmaydilar. Ozlari
odam bolalaridan boladi.
Savol: Qiladigan ishlari qaysilar?
Javob: Ishlari Alloh taolo tarafidan buyurilgan din va shariat hukmlarini bandalariga
yetkazmoq, bandalarni haq dinga va yaxshi amallarga vaz va nasihat bilan chaqirmoq
va Alloh taologa ibodat qilmoqdir.
Savol: Paygambarlarda yemoq, ichmoq kabi ishlar bormi?
Javob: Paygambarlarga yemoq, ichmoq, uxlamoq, uylanmoq va olmoq kabi
ishlarning barchasi xosdir.
Savol: Dunyoga qancha paygambarlar kelib ketishgan?
www.ziyouz.com kutubxonasi

Musulmonlik. Munavvar qori Abdurashidxon

Javob: Dunyoga nihoyatda kop paygambarlar kelib ketishgan. Hisobi bizga malum
emas.
Savol: Quronda necha paygambarning ismlari zikr qilingan?
Javob: Quronda yigirma sakkiz paygambarning ismlari zikr etilgan.
Savol: Ular kimlar?
Javob: Ular Odam, Idris, Nuh, Hud, Solih, Lut, Ibrohim, Ismoil, Ishok, Yahyo, Yusuf,
Ayyub, Shuayb, Muso, Xorun, Zulkifl, Dovud, Sulaymon, Ilyos, Alyasa, Yunus,
Zakariyo, Yaxr, Iso, Ozayr, Luqmon, Zulqarnayn va Muhammad alayhimussalom
hazratlaridirlar.
Savol: Ular orasida paygambarliklari aniq malum bolmaganlari ham bormi?
Javob: Ulardan Uzayr, Luqmon va Zulqarnayn xazratlarining paygambarliklari aniq
malum emas. Bu uch zotni bazi ulamolar paygambarlardan va bazilari avliyolardan
deyishadi.
Savol: Bulardan boshqa paygambarlarning ismlari malum emasmi?
Javob: Bulardan boshqa Shis, Xizr, Bashr, Doniyol, Yusha, Ishmuyil, Ashayo va
Armiyo ismli paygambarlarning ismlari tarix va hadis kitoblaridan malum.
Savol: Paygambarlar necha xil bolishadi?
Javob: Paygambarlar ikki xil bolishadi: bazilari rasul va bazilari nabiy deyiladi.
Savol: Qanday paygambarlarga rasul deyiladi?
Javob: Alloh taolo tarafidan ozlariga alohida
paygambarlarga rasul deyiladi.

Kitob

va

shariat

berilgan

Savol: Qanday paygambarlarga nabiy deyiladi?


Javob: Ozlariga maxsus kitob va shariat berilmay, boshqa bir rasulga berilgan Kitob
va shariatga amal qilishga buyurilgan paygambarlarga nabiy deyiladi.
Savol: Nabiylar rasul bola oladilarmi?
Javob: Nabiylarning hech birlari rasul bola olmaydi. Ammo, rasullarning xar biriga
nabiy ham deyiladi.
Savol: Bu paygambarlardan necha kishiga Kitob va shariat berilgan?
Javob: Bu paygambarlardan sakkiz kishiga aloxida Kitob va shariat berilgan.
Savol: Kim-kimlarga?
Javob: Odam, Shis,
alayhimussalomlarga.

Idris,

Ibrohim,

Muso,

Dovud,

Savol: Paygambarlarning birinchisi kim bolgan?


Javob: Paygambarlarning birinchisi barchamizning
alayhissalomdir.

Iso

otamiz

va

Muhammad

hazrati

Odam

Savol: Paygambarlarning oxirgisi kimdir?


Javob: Paygambarlarning oxirgisi va barchadan afzali bizning Paygambarimiz
www.ziyouz.com kutubxonasi

Musulmonlik. Munavvar qori Abdurashidxon

hazrati Muhammad alayhissalomdirlar.


Savol: Muhammad alayhissalomdan song dunyoga paygambar keladimi?
Javob: Muhammad alayhissalomdan song dunyoga aslo paygambar kelmaydi. Bu
zotning shariatlari (korsatgan yollari) bilan qiyomatgacha amal qilinadi.
Savol: Biz qaysi paygambarning shariatlari bilan amal qilamiz?
Javob: Biz Muhammad sollallohu alayhi va sallamning shariatlari bilan amal qilamiz.
KITOBLARGA ISHONMOQ
Savol: Qaysi sozlar Alloh taoloning Kitoblaridir?
Javob: Hur zamonning oziga yarashadigan dini va muomalot hukmlarini bayon etib,
osha zamon paygambarlariga yuborilgan sozlar - Alloh taoloning Kitoblaridir.
Savol: Alloh taolo paygambarlariga necha Kitob yubordi?
Javob: Alloh taolo shu biz bilgan paygambarlariga yuz saxifa va tort Kitob yubordi.
Savol: Yuz saxifani qaysi paygambarlariga yubordi?
Javob: Yuz saxifadan on saxifani Odam alayhissalomga, ellik saxifani Shis
alayhissalomga, ottiz saxifani Idris alayhissalomga, on saxifani Ibrohim alayhissalomga
yubordi.
Savol: Tort Kitobni qaysi paygambarlariga yubordi?
Javob: Tort Kitobdan Tavrot nomli Kitobni Muso alayhissalomga, Zabur nomli
Kitobni Dovud alayhissalomga, Injil nomli Kitobni Iso alayhissalomga, Quron nomli
Kitobni bizning Paygambarimiz Muhammad alayhissalomga yubordi.
Savol: Paygambarimiz Muhammad alayhissalomga Quron qaysi ravishda yuborildi?
Javob: Quronni kerakli vaqtlarda Alloh taolo tarafidan Jabroil alayhissalom ismli
farishta kelib, Muhammad alayhissalomga oyat-oyat bildirib ketdilar.
Savol: Eng oxirgi Kitob qaysi?
Javob: Eng oxirgi Kitob Qurondir. Quron nozil kilinmogi bilan avvalgi kitoblarning
bazi hukmlari bekor boldi. Quron hukmlari bilan amal qilmoq barchaga lozim etildi.
Savol: Quronda qanday hukmlar bor?
Javob: Odam bolalarining dunyo va oxiratlari uchun foydali bolgan, xar zamonga
togri keladigan va qiyomatgacha ozgarmaydigan hikmatli hukmlar bor.
Savol: Biz qaysi Kitob bilan amal qilamiz?
Javob: Biz barcha kitoblarning afzali va akmali Quroni karim bilan amal qilamiz.
OXIRAT KUNIGA ISHONMOQ
Savol: Oxirat kuni deb qaysi kunga aytiladi?
Javob: Bir kun kelib, bu dunyodagi bizning
www.ziyouz.com kutubxonasi

kozimizga

korinadigan

va
8

Musulmonlik. Munavvar qori Abdurashidxon

korinmaydigan, jonli va jonsiz narsalarning barchasi yoq bolib, Alloh taoloning ozidan
va xohlaganidan boshqa hech narsa qolmaydi, osha kunga oxirat kuni deyiladi.
Savol: Oxirat kuni qachon boladi?
Javob: Oxirat qachon bolishini Alloh taoloning Ozidan boshqa hech kim bilmaydi,
lekin (u kun) albatta keladi.
Savol: (U kun) olgan bandalarning hollari qanday boladi?
Javob: Olgan bandalar gorga koyilganlaridan songra gorlariga Munkar va Nakir
ismli ikki farishta kirib, Rabbing kim, dining qaysi, paygambaring kim? deb savol
qilishadi.
Savol: Bu savollarga togri javob bergan bandalarga nima qilinadi?
Javob: Bu savollarga togri javob bergan bandalar yaxshilardan hisoblanib,
kiyomatgacha rohatda boladilar.
Savol: Togri javob bermaganlarga nima qilinadi?
Javob: Togri javob bermagan bandalar yomonlardan sanalib, qiyomatgacha azobda
qoladilar.
Savol: Olgan bandalar yana tiriladilarmi?
Javob: Oxirat kuni kelib, barcha yoq bolgandan song, Alloh taoloning qudrati bilan
olib ketgan bandalarning barchalari yana tiriladi.
Savol: Tirilgandan song ular nima qilishadi?
Javob: Tirilgandan song barchalari uyqudan turgandek gorlaridan chiqib, Alloh taolo
tayin qilgan yerga borib yigiladilar.
Savol: Bandalar u kuni yigiladigan yer nima deyiladi?
Javob: Bandalar u kuni yigiladigan yer Mahshar yeri va u kun Qiyomat kuni
deyiladi.
QIYOMAT KUNIGA ISHONMOQ
Savol: Qiyomat kuni Qanday kun?
Javob: Qiyomat kuni bandalarning bu dunyoda qilgan yaxshilik va yomonliklari
malum boladigan, yaxshi bandalar uchun sevinchli, yomon bandalar uchun qorqinchli
va shiddatli kundir.
Savol: Bandalarning yaxshilik va yomonliklari qay ravishda malum boladi?
Javob: Barcha bandalar gorlaridan chiqib, Mahshar yeriga yigilganlaridan song har
birlarining bu dunyodagi qilgan yaxshilik va yomonliklari hisob qilinib, Alloh taoloning
qudrat tarozusida olchanadi. Har kimning yaxshiligi va yomonligi oziga va barcha
kishilarga shu ravishda malum boladi.
Savol: Yaxshiliklari malum bolgan bandalarni ne hol kutadi?
Javob: Yaxshiliklari malum bolgan bandalar xursandlik bilan Sirot koprigidan otib,
jannatga kiradilar.
www.ziyouz.com kutubxonasi

Musulmonlik. Munavvar qori Abdurashidxon

Savol: Yomonliklari malum bolgan bandalarning hollari qanday kechadi?


Javob: Bunday bandalar oz yomonliklaridan uyalib, sharmanda boladilar, agarda
Alloh taolo gunohlaridan kechmasa, Sirot koprigidan otolmay, dozaxga kiradilar.
SIROT, JANNAT VA DOZAX
Savol: Sirot koprigi qanday koprik?
Javob: Sirot koprigi Maxshar yeri bilan jannat orasida dozax ustiga qurilgan,
qilichdan otkir, qildan ingichka va nihoyatda uzun koprikdir. Jannatga kiruvchilarning
har biri unga ushbu koprikdan otib kiradi.
Savol: Jannat qanday joy?
Javob: Jannat yaxshi bandalar uchun har xil nematlar bilan ziynat berilib yaratilgan
va kattaligi bu dunyoga bir necha barobar keladigan rohat saroyidir.
Savol: Dozax qanday joy?
Javob: Dozax ham bu dunyoga bir necha barobar keladigan va yomon bandalar
uchun yaratilgan azob zindonidir. Barchamizni Alloh undan asrasin!
Savol: Jannatga kirgan kishilar qaytib chiqariladilarmi?
Javob: Jannatga kirgan kishilar qaytib chiqmaydilar va olmoq ogrimoq, xafa
bolmoq, ishlamoq, hamda bir narsaga muxtoj bolmoq kabi kongilsiz hollardan qutulib,
doimo xursandlik bilan rohat va farogatda boladilar.
Savol: Dozaxga kirgan kishilar qaytib chiqadilarmi?
Javob: Dozaxga kirgan kishilarning imonlilari qilgan gunoxlariga yarasha azob
tortganlaridan song, dozaxdan chiqib, jannatga kiradilar. Ammo imonsizlari aslo
chiqmay, doimiy azobda qoladilar.
Savol: Jannatga kirgan kishilarga Alloh taolo nimani korsatadi?
Javob: Jannatga kirgan kishilarga Alloh taolo Ozining diydorini korsatadi. Ammo
qay ravishda korsatmogi bandaga malum emas.
TAQDIRGA ISHONMOQ
Savol: Taqdir deb nimaga aytiladi?
Javob: Alloh taolo har bir yaxshi va yomon ishning qaysi zamonda, qaysi joyda,
qaysi ravishda bolmogini Oz izmi azaliysi bilan bilib, bolmasidan burun tayin qilib
qoygan. Taqdir deb shunga aytiladi.
Savol: Alloh taolo taqdir kilmagan ishni banda boldira oladimi?
Javob: Alloh taolo taqdir kilmagan ishni hech kim boldira olmaydi.
Savol: Alloh taolo taqdir kilgan ish bolmay qoladimi?
Javob: Alloh taolo taqdir kilgan ish aslo bolmay qolmaydi.

www.ziyouz.com kutubxonasi

10

Musulmonlik. Munavvar qori Abdurashidxon

SHARH
Alloh taoloning taqdiriga shu ravishda ishonmoq kifoyadir. Lekin, taqdirda nima
bolsa, shuni koramiz deb harakatsiz yotmay, Alloh taoloning fazlu karamidan
umidvorlikda, yaxshi amallar qilib, qaxru-gazabidan qorqib, yomon ishlardan qochish,
Islom dinining rivoji va taraqqiysiga sabab boladigan ishlarda qatnashmoq har bir
musulmonga farz va lozimdir. Chunki, Alloh taolo taqdirda kop ishlarning bolish va
bolmasligini bandaning sayi xarakatiga boglab qoygan. Quroni karimda: ...Va an
laysa lil insani illa ma saa, yani, Insonga ozining sayi harakatining mahsulidan
boshqa hech narsa yoqdir, deyiladi. Masalan: bir kishi harakat qilib, bir yerga bugdoy
eksa, albatta, u yerdan bugdoy oladi. Harakat qilmasa, ekmasa, u yerdan bugdoy
ololmaydi. Buni togri oylagan kishilarga ushbu masalalar ochiqroq malum boladi.
Chunki, Alloh taolo bandalarini yaxshi ishlarni qilishga, yomon amallardan qochishga
taklif qilib, yana juziy (qisman) ixtiyorni bandaning oziga bergan. Alloh banda ixtiyor
qilgan yaxshi ishni rozilik bilan, yomon ishni norozilik bilan Ozi avvalda belgilab qoygan
taqdir va tayiniga muvofiq Ozi boldiradi. (Alloh taolo) yaxshi ishlar uchun jannat
rohatini, yomon ishlar uchun dozax azobini vada qilgan.
PAYGAMBARIMIZ MUHAMMAD
SOLLALLOHU ALAYHI VA SALLAM
Savol: Muhammad alayhissalom qanday zotdirlar?
Javob: Muhammad alayhissalom jumla mavjudot (hamma bor narsalar) ning afzali,
Alloh taoloning eng yaqin dosti va Rasuli va oxir zamon Paygambaridirlar.
Savol: Qaysi joyda, qaysi oyda va qaysi kunda tugilganlar?
Javob: Makkai mukarrama shahrida, rabiulavval oyining 12-sida, dushanba kuni
tong vaqtida dunyoga kelganlar.
Savol: Otalari kimdirlar?
Javob: Otalari arablarning Quraysh qabilasidan Abdulloh ismli kishidirlar.
Savol: Abdullohning otalari kimdirlar?
Javob: Abdullohning otasi Abdulmuttalib,
Hoshimning otasi Abdulmannon ismli kishilardir.

Abdulmuttalibning

otasi

Hoshim,

Savol: Onalari kimdirlar?


Javob: Onalari ham arablarning Quraysh qabilasidan Vahobning kizi Omina ismli
xotindirlar.
Savol: Otalari qay vaqtda vafot etdilar?
Javob: Muhammad alayhissalom tugilmaslaridan burun otalari vafot qilgan edilar.
Savol: Onalari qachon vafot etdilar?
Javob: Olti yoshga yetganlarida onalari vafot etib, bobolari Abdulmuttalibning qolida
qoldilar.
Savol: Bobolari vafot etgandan song kimning qolida va tarbiyasida qoldilar?
www.ziyouz.com kutubxonasi

11

Musulmonlik. Munavvar qori Abdurashidxon

Javob: Abu Tolib ismli amakilarining tarbiyasida qoldilar.


Savol: Yosh vaqtlarida qanday edilar?
Javob: Yosh vaqtlarida ham ochiq yuzli, shirin sozli, nihoyatda togri, aqlli va
ishonchli bolib, Makka xalqi orasida etibor va shuhrat topib, Muhammad Amin, yani
"ishonchli" nomini olgan edilar.
Savol: Necha yoshlarida uylandilar?
Javob: 25 yoshlarida Xadicha ismli bir boy xotinga uylandilar.
Savol: Necha yoshlarida Paygambar boldilar?
Javob: 40 yoshga yetganlarida Alloh taolo Jabroil ismli farishta
paygambarlik yuborib, bandalarini Islom diniga chaqirishga buyurdi.

vositasida

Savol: Paygambar bolganlaridan songra nima ish qildilar?


Javob: Paygambar bolganlaridan songra on uch yil Makkada turib, uning xalqini
Islom diniga taklif qildilar.
Savol: Shu yillar mobaynida Makka xalqidan qancha kishi Islom dinini qabul etdi?
Javob: Bu on uch yil ichida Makka xalqidan va ozga joylardan bir necha yuzgina
kishi Islom dinini qabul etib, musulmon boldilar, qolganlari qabul etmay,
Paygambarimizga dushmanlik yolidan borib, har xil jabrlar otkazishga, hatto oldirishga
harakat qildilar.
Savol: Shundan songra nima qildilar?
Javob: Shundan song, 53 yoshlarida Paygambarimiz Alloh taoloning buyrugi bilan
Makkadan Madina shahriga kochdilar.
(Paygambarimizning Madinaga kochishlari "xijrat" deyiladi. Xijrat kunidan boshlab
Islom dini quvvat topganligi uchun musulmonlarning osha yili tarix boshi xisoblanadi va
"xijriy tarixi" deb ataladi.)
Savol: Madinaga kochishlariga nima sabab boldi?
Javob: Bu shaharga kochishlariga kofirlarning musulmonlarga qilgan jabr-zulmlari
sabab boldi.
Savol: Madinada necha yil turdilar?
Javob: Bu shaharda on yil turib, xalqini Islom diniga taklif qildilar.
Savol: Shu yillar ichida musulmonlar soni qanchaga yetdi?
Javob: Bu davrda xar tarafdan odamlar top-top bolib kelishib, musulmon bola
boshladilar. Shu sababli qisqa vaqtda musulmonlar quvvat topib, ular soni yuz mingdan
oshdi.
Savol: Muhammad alayhissalom necha yoshlarida vafot etdilar?
Javob: Muhammad alayhissalom Madinada on yil turganlaridan song, 63 yoshlarida
vafot etdilar.

www.ziyouz.com kutubxonasi

12

Musulmonlik. Munavvar qori Abdurashidxon

SAHOBALAR
Savol: Sahoba deb kimlarga aytiladi?
Javob: Sahoba deb, Paygambarimiz Muhammad alayhissalomning tirik vaqtlarida
Islom dinini qabul etib, ozlarini korgan musulmonlarga aytiladi.
Savol: Sahobalar qanday kishilar?
Javob: Sahobalarning xar biri kop ishlarda Paygambarimizga yordam bergan, Islom
dinining quvvati va shavkatiga sabab bolgan aziz va hurmatli kishilardir. Ularning
barchalarini dost tutmoq, va xotiralariga tazim qilmoq jumlai (hamma) musulmonlarga
lozimdir.
Savol: Muhammad alayhissalom vafotlaridan song orinlariga kim xalifa boldi?
Javob: Muhammad alayhissalomning vafotlaridan song orinlariga barcha
Sahobalarning afzali hazrati Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu xalifa boldilar. U zot
yigirma yetti oy xalifalik qilib, xijratning 13-yilida vafot etdilar.
Savol: Orinlariga kim xalifa boldi?
Javob: Orinlarida xazrati Umari odil roziyallohu anhu on yarim yil xalifalik kilib,
xijratning 23-yilida shahid boldilar.
Savol: U kishidan song kim xalifa boldi?
Javob: U kishidan song xazrati Usmon ibn Affon roziyallohu anhu on ikki yil xalifalik
kilib, xijratning 35-yilida shahid boldilar.
Savol: U kishining orinlariga kim xalifa boldi?
Javob: U kishining orinlariga hazrati Ali ibn Abu Tolib roziyallohu anhu xalifa bolib,
xijratning 40-yilida shahid ketdilar.
Savol: Bu tort zot qanday xalifa boldilar?
Javob: Sahobalarning bayat kilmoqlari, axdlashuvlari va saylamoqlari bilan bu tort
zot barhaq (haqqoniy) xalifalar boldilar.
Savol: Ulardan songra xalifalik kimlarga qoldi?
Javob: Xalifalik hazrati Alining ogillari hazrati Imom Hasanga qolgan bolsa ham, u
zot murosa uchun ushbu martabani hazrati Muoviyaga topshirdilar. Bundan song
musulmonlar orasida har xil ixtiloflar va urushlar chiqa boshladi. Xilofat (xalifalik)
saltanatga (podshoxdikka) aylandi. Shunday bolsa ham, Islom dini ozining haqligi va u
zamondagi musulmonlarning gayratlari tufayli butun dunyoga yoyildi.
DAVLATI UMAVIYA
Hazrati Muoviyadan boshlangan davlatga Umaviya davlati deyilur. Davlati Umaviya
92 yil turdi. Bu 92 yil ichida umaviylardan 14 kishi podshoh bolib oldilar. Ul
podshohlarning ismlari
1) Hazrati Muoviya Abu Sufyon ogli
2) Yazid hazrati Muoviya ogli
3) Ikkinchi Muoviya Yazid ogli
www.ziyouz.com kutubxonasi

13

Musulmonlik. Munavvar qori Abdurashidxon

4) Marvon Haqam ogli


5) Abdulmalik Marvon ogli
6) Valid Abdulmalik ogli
7) Sulaymon Abdulmalik ogli
8) Umar Abdulaziz ogli
9) Ikkinchi Yazid Abdulmalik ogli
10) Hishom Abdulmalik ogli
11) Ikkinchi Valid ikkinchi Yazid ogli
12) Uchinchi Yazid birinchi Valid ogli
13) Ibrohim birinchi Valid ogli
14) Ikkinchi Marvon Muhammad ogli.
Davlati Umaviya podshohlarining eng ulug xizmatlari Islom dinini har tarafga yoymoq
va islom mamlakatlarini kengaytirmoq boldi.
DAVLATI ABBOSIYA
Ikkinchi
Marvon
zamonida
musulmonlar
umaviylardan
norozi
bolib,
paygambarimizning amakilari hazrati Abbosning avlodlaridan Abdulloh ismli kishinn
podshoh qilib sayladilar. Bundan songra islom podshohligi umaviylardan abbosiylarga
otdi. Bu davlatga - Davlati Abbosiya deyiladur. Abbosiylardan 37 kishi podshoh bolib
otgandan song, islom podshohligi abbosiylardan usmoniylarga otdi.

www.ziyouz.com
2008

www.ziyouz.com kutubxonasi

14

You might also like